«Barselona» bugun La Liga 16-turida «Betis» mehmoni bo'ladi.

«Sport» nashri xabariga ko'ra, kataloniyaliklar yarim himoyachisi Pedri bugungi o'yinni zaxiradan boshlaydi. Xansi Flik 22 yoshli ispaniyalik futbolchiga dam bermoqchi.

Pedri joriy mavsumdagi 21 ta o'yinda 3 ta gol urib, 3 ta assist berdi.