«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flikdan jurnalistlar «Borussiya D»ga qarshi o'yindan so'ng (3:2) La Ligada ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilingani haqida so'rashdi.

— La Ligada ikkita o'yinga diskvalifikatsiya qilinganingiz haqida nima deya olasiz?

— Shanba kuni o'yinoldi matbuot anjumanida bo'lasizmi? Bu savolni o'sha erda bersangiz yaxshi bo'ladi", - dedi nemis mutaxassisi.