"Barselona" e'tiborini "Chelsi" va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Entso Fernandesga qaratdi. Kataloniya klubi Fernandes bo'yicha kelishuv doirasida o'zining ikki futbolchisini londonliklarga taklif qilishga tayyor. Gap yarim himoyachi Frenki de Yong va hujumchi Ferran Torres haqida ketmoqda.

Entso Fernandesning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Bir so'z bilan aytganda, 23 yoshli argentinalik futbolchini qo'lga kiritish har qanday potentsial xaridor uchun qiyin bo'ladi.

Avvalroq, Fernandesga "Real" qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.