Kataloniyaning "Barselona" klubi kecha Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida Dortmundda "Borussiya"ni mag'lub etdi - 3:2.

Ushbu muvaffaqiyat orqali "ko'k-anorranglilar" turnir jadvalida 15 ochko bilan ikkinchi o'ringa chiqib oldi.

Agar navbatdagi ikki turda jamoa 1 ochko olishni uddalasa 1/8 bosqichiga chiqqan ikkinchi klubga aylanadi.

Avvalroq "Liverpul" bu masalani hal qilgan edi.