
"Barselona" Leverkuzenning "Bayer" klubi markaziy himoyachisi Jonatan Tani sotib olishga yaqin turibdi. Nemis futbolchisi kelasi yozda erkin agent sifatida Kataloniya klubiga o'tishi mumkin, chunki uning "farmasevtlar" bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunlanganidan keyin tugaydi.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Barselona" Ta uchun kurashda etakchilik qilmoqda va tomonlar muzokaralar olib bormoqda. Kelishuvda “Blaugrana” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ham ishtirok etmoqda.
Jonatan Taga "Bavariya", "Real Madrid" va Angliya Premer-ligasi klublari qiziqish bildirishdi. 28 yoshli markaziy himoyachi 2015 yildan buyon “Bayer” sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar 0