
"Barselona" La Ligadagi so'nggi 6 uchrashuvning 3 tasida mag'lub bo'ldi.
Bugun kataloniyaliklar o'z maydonida "Leganes"ga mag'lub bo'lishdi (0:1).
Xansi Flik shogirdlari Ispaniya chempionatidagi so'nggi olti uchrashuvda bitta g'alaba, ikkita durang va uchta mag'lubiyat qayd etgan.

Keyingi turda "blaugrana" barcha musobaqalarda qatorasiga 11 uchrashuvda g'alaba qozongan "Atletiko"ni qabul qiladi.
Fikrlar 0