"Barselona"ning yana bir futbolchisi Ispaniya chempionati o'yinida tishidan ayrildi.

Yakshanba kuni kataloniyaliklar o'z maydonida “Leganes”ga kutilmaganda minimal hisobda mag'lub bo'lishdi.

Uchrashuv davomida yarim himoyachi Fermin Lopes jarohat oldi - epizodlardan birida tishini yo'qotdi.

E'tiborlisi, 7 dekabr kuni bo'lib o'tgan "Betis"ga qarshi o'yinda Dani Olmo ham tishidan ayrilgandi. O'shanda "Barselona" g'alaba qozona olmagandi (2:2).