Jorje Mendesh Lamin Yamal va Krishtianu Ronalduni solishtirish haqida gapirdi.

"Men solishtirishni yoqtirmayman, lekin, shubhasiz, Krishtianu nafaqat Lamin, balki barcha yoshlar uchun yaxshi namuna.

Agar u maydonda ham, maydon tashqarisida ham shunga ergashsa, yaqin 20 yil ichida albatta jahon futbolining eng yuqori pog'onasida bo'ladi.

Lamin, shubhasiz, hammani ortda qoldiradigan ajoyib iqtidorli futbolchi va u endigina 17 yoshda! Agar u chalg'imasa va doimo diqqatini jamlab tursa, Lamin bir necha bor “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishiga shubham yo'q", dedi agent Jorje Mendesh.