
«Barselona» bu mavsumda «Kamp Nou»da o'ynamasligini tushunadi.
Avvalroq Kataloniya klubi 2025 yilning mayigacha «Montjuik» Olimpiya stadionini tark etishga majbur bo'lishi xabar qilingandi.
«Marca» xabariga ko'ra, «Barselona»dagi manbalar bu yilgi o'yinlarni ta'mirlangan «Kamp Nou» stadionida o'tkazish deyarli mumkin emasligini aytishmoqda.
Qayd etilishicha, rekonstruktsiya ishlari sust davom etmoqda.
Bundan tashqari, hali hal qilinmagan texnik jihatlar mavjud - masalan, favqulodda chiqishlar, shuningdek, maysa ekish.
Qolaversa, UEFA qoidasiga ko'ra, barcha o'yinlar bitta stadionda o'tkazilishi kerak.
Fikrlar 0