
"Barselona" Ronald Arauxo, Ferran Torres, Ansu Fati va Ektor Fortni sotish haqida o'ylamoqda.
Klub rahbariyati futbolchilarning sotilishi jamoaning dolzarb moliyaviy muammolarini hal qilishga yordam beradi, deb hisoblamoqda. Ronald Arauxo alohida ajralib turadi, uning transfer narxi 70 million evroga baholanmoqda.
Qo'shimcha qilamizki, Transfermarkt Fortning transfer narxini 10 million evroga, Fatiniki esa 15 million evroga baholamoqda.
Fikrlar 0