Barcelona
"Barselona" "Flamengo" yarimhimoyachisi Rainierni da'vo qilmoqda, ammo Kataloniya klubi 17 yoshli braziliyalik uchun klub talab qilgan 35 million evroni to'lamoqchi emas, deya xabar beradi El Mundo Deportivo.
Ushbu mavsumda Rainier Braziliya chempionatida 15 ta o'yin o'tkazdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Flamengo" bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.
UB
Fikrlar 0