
Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone 2024/2025 mavsumi Ispaniya chempionatini yutish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Uning fikricha, 18-turdagi «Barselona»ga qarshi g'alaba «matraschilar»ga chempionlikni kafolatlamaydi. «Agar «Barselona»ga qarshi g'alaba chempionlikni yutishga yordam beradi deb o'ylasak, noto'g'ri yo'lni tanlaymiz. Bunday fikr har bir o'yin oldida bo'lishi kerak — bir g'alaba hech narsani kafolatlamaydi, oldimizda hali 20 ta o'yin bor», — deydi Simeone.Eslatib o'tamiz, «Atletiko» va «Barselona» o'rtasidagi o'yin shanba, 21 dekabr kuni Barselonadagi «Olimpik Lyuis Kompanis» stadionida bo'lib o'tadi.
Fikrlar 0