"Barselona" hozirda La Ligada bir yil oldingiga qaraganda yomonroq o'yin ko'rsatmoqda.

19 turdan keyin Xansi Flik shogirdlari hisobida 38 ochko bor. 12 marta g'alaba qozongan, ikki bor durang o'ynagan va 5 uchrashuvda mag'lub bo'lgan.

2023/24 yilgi chempionatning shu bosqichida Xavi boshchiligidagi kataloniyaliklar 41 ochko jamg'argandi. Ular 5 durang va 2 mag'lubiyat bilan 12 ta g'alabaga erishgan.