Germaniyalik o'yinchi qishki transferlar oynasida jamoani tark etishni xohlamoqda.

30 yoshli futbolchi xavbek "Barselona"ga o'tmoqchi va "ko'k-anorranglilar" rahbariyatiga o'z xizmatlarini taklif qilgan.

Eslatib o'tamiz, Mesutning "kanonirlar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

U 2010-2013 yillar davomida "Barselona"ning ashaddiy raqibi bo'lmish "Real"da harakat qilgan.