Boshqa jamoalar futbolchiga qiziqish bildirmayotgani bois Frantsiya klubi u bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Kelib chiqishi kamerunlik bo'lgan frantsiyalik futbolchining faoliyati xavf ostida.

Eslatib o'tamiz, Umtiti 2023 yilning iyul oyida tekinga "Barselona"dan "Lill"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi. 2018 yilgi jahon chempioni "Barselona"dagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng avvalgi saviyasiga qayta olmadi.