“Barselona” vingeri Usmon Dembele faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Eldesmarque nashrining xabariga ko'ra, futbolchi xizmatiga “Chelsi” va “Manchester Siti” klublari qiziqib qolgan.

Qolaversa, “shaharlilar” futbolchi uchun kurashda etakchilik qilmoqda. “Siti” frantsiyalik futbolchi uchun 95 million evro to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Dembele “Barselona” safida 2017 yildan buyon to'p surib kelmoqda. Uning jamoa bilan shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.