"Barselona" yarim himoyachisi Mark Bernalning tiklanish muddati haqida ma'lumot paydo bo'ldi.

Diario AS xabariga ko'ra, 17 yoshli futbolchi jadvalga muvofiq tiklanmoqda. U sakkiz oydan keyin maydonga qaytishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, mavsum boshida Bernal o'zining xoch bog'lamlarini yirtib olgandi.

Yarim himoyachi "ko'k-anorranglilar"ning asosiy tarkibida uchta o'yinda qatnashgan.