
Rafinya Dias 2022 yilda "Manchester Yunayted"da Antoni o'rnini egallashi mumkin edi.
The Athletic xabariga ko'ra, yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin bosh murabbiy Erik ten Xag Antonini sotib olishni so'ragan va braziliyalik futbolchi yakunda "Ayaks"dan 100 million evroga bonuslar bilan birga sotib olingan.
Biroq, "Yunayted" skautlari o'sha yozda "Ayaks" futbolchisi o'rniga "Lids" a'zosi Rafinyani sotib olish uchun ham kurash olib borishdi. Dias oxir-oqibat "Barselona"ga o'tdi.
Joriy mavsumda Antoni Premer-ligada 4 ta o'yinda gol urmagan. Rafinya hisobida La Ligada 19 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urgan.
Fikrlar 0