
"Transfermarkt" internet portali Ispaniya La ligasi futbolchilarining narxlarini yangiladi.
"Barselona"ning birdaniga o'n nafar futbolchisining narxi oshdi. Eng qimmatlari 17 yoshli Lamin Yamal va Pau Kubarsi edi. "Blaugrana"ning ikkala tarbiyalanuvchisi ham 30 million evroga oshgan. Hozir Yamalning narxi 180 million evro, Kubarsi esa 70 million evro. Pedri (100 million) va Rafinya Dias (80 million) 20 millionga qimmatlashdi.
Ro'yxatda keyingi o'rinlarni Mark Kasado (+15 mln, 30 mln), Alexandro Balde (+10 mln, 50 mln), Jyul Kunde (+5 mln, 60 mln), Pablo Torre (+2,5 mln, 7,5 mln), Inyaki Penya (+2,5 mln, 7,5 mln) va Jerar Martin (+2 mln, 10 mln) egalladi.
Fikrlar 0