Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
"Barselona " Rakitichni raqobatchi klub safiga qo'yib yubormoqchi emas
[b]"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitichning "Atletiko"ga o'tish ehtimoli kam.
31 yoshli xavbek joriy mavsum " Barselona"ning asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ydi va o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida boshqa klubga ketishni xohlayotgani aytildi.
Ammo, xorvatiyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar"ning so'nggi ikkita o'yini, yani "Borussiya" (3:1) va "Atletiko" (1:0)ga qarshi o'yinlarda asosiy tarkibda tushdi. Bungacha Rakitichga Madridning "Atletiko" klubi jiddiy qiziqayotgan edi.
" Barselona" futbolchining transferi bo'yicha rasmiy taklif olmadi. Ammo, Kataloniya klubi uni to'g'ridan-to'g'ri raqobatchi klub safiga transfer qilishga qarshi.
Oldinroq, Rakitichga "Manchester Yunayted" va "Inter" klublari qiziqayotganligi xabar qilingan edi.[/b]
UB
Fikrlar 0