"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo Angliya Premer-ligasining eng kuchli klublari short-listidan joy oldi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko'ra, 26 yoshli yarim himoyachining "Barselona"dagi holatini Premer-liganing top-6 klubi diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bundan tashqari, ispaniyalik futbolchiga Myunxenning "Bavariya" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Shu bilan birga, Olmoning o'zi "Barselona" bilan muvaffaqiyatga erishishni orzu qilishi va boshqa har qanday martaba rivojlanishi stsenariysi uning uchun katta umidsizlik bo'lishi ta'kidlanmoqda.