Jorje Mendesh "Barselona"ning Aleks Baldeni sotmaslik haqidagi qarorini to'g'ri qaror deb atadi.

"Aleks "Barselona"ga o'tishidan oldin uni Evropaning eng yaxshi klublari sotib olishni xohlagan. "Barsa" buni bilardi.

Boshqa klublar "Barsa"ning qiyin ahvolga tushib qolganini va bu vaziyatdan foyda olishlarini bilishardi.

Ammo "Barselona" jiddiy takliflarga qaramay, uni sotmaslik to'g'ri qaror qildi. "Aleks o'z pozitsiyasida birinchi raqamli", - deydi futbolchining agenti Mendesh.