Lamin Yamal "Barselona" bilan mashg'ulotlarni qayta boshladi.

Kataloniya klubi yarim himoyachisi 15 dekabr kuni "Leganes"ga qarshi o'yinda to'pig'idan olgan jarohatidan forig' bo'lgandi.

Bugun, 2 yanvar kuni ispaniyalik futbolchi "Barselona" bilan mashg'ulotning bir qismini o'tkazdi.

Ma'lum qilinishicha, Lamin Yamal 8 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletik"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga umid qilmoqda.