"Roma" Marmol uchun 7 mln evro taklif qilishga tayyor.

Ispaniyalik futbolchining tovon puli 10 mlnni tashkil etadi, uning "Las-Palmas" bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

"Roma" Marmolni qishda qo'lga kiritib, uni mavsum oxirigacha Kanar orollarida qoldirish niyatida.