"Atletiko" ustozi Diego Simeone Dani Olmoni ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq muammolar haqida gapirdi.

"Umid qilamanki, qoidalar hamma uchun bir xil bo'ladi.

Va, albatta, bu sodir bo'lishiga shubha qilmayman. Agar u o'ynashni davom ettira olsa, xush kelibsiz. Va agar qoidalar unga o'ynashga ruxsat bermasa, u o'ynay olmaydi.

Biz murabbiylar sifatida barcha jamoalar uchun tavsiya etilgan qoidalarga amal qilishimiz va buni hurmat qilishimiz kerak" - dedi "Atletiko" ustozi.