Robert Levandovski mavsumdagi 24 va 25-gollarini urdi.

"Barselona" forvardi Ispaniya kubogi 1/16 finalida "Barbastro" darvozasini ikki bor ishg'ol qildi (4:0).

Polshalik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlardagi 25-uchrashuvini o'tkazdi. Uning hisobida 25 ta gol va 2 ta golli uzatma bor.