Voytsex Shesni "Barselona" safida debyut qildi.

34 yoshli darvozabon Ispaniya kubogi 1/16 finalida "Barbastro"ga qarshi o'yinda kataloniyaliklar safida asosiy tarkibda maydonga tushdi. O'yinda "ko'k-anorranglilar" 4:0 hisobida g'alaba qozondi.

Polyak oktyabr oyidagi transferidan buyon ilk bor maydonga tushdi.