"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik kubokda "Barbastro"ga (4:0) qarshi o'yinda Rafinya Diasning yo'qligi haqidagi savolga javob berdi.

"Blaugrana"ning braziliyalik qanot vingeri shanba kungi o'yinda hatto zaxira o'rindig'ida ham o'tirmadi.

"Bugun Rafinyada muammolar bor edi. U mashg'ulot o'tkazdi, ammo yakunda biz uni o'yin uchun tarkibga kiritmaslikka qaror qildik", - deya Flik so'zlarini keltirgan Barca Universal.