"Barselona" yarim himoyachisi Pablo Torre maydondagi har qanday pozitsiyada o'ynashga tayyor ekanligi aytdi.

Futbolchi kecha Ispaniya kubogi 1/16 finalida "Barbastro"ga qarshi o'yinda (4:0) 1 ta gol urib, 2 ta assist berdi.

"Jamoaga yordam berish va o'ynash imkoniyati berilsa, shu paytda mendan baxtli odam bo'lmaydi. Menga yoqmasa ham, istalgan pozitsiyada o'ynashdan xursand bo'laman. Asosiy tarkibda bo'lish juda zo'r va bunday daqiqalardan unumli foydalanish muhim", - dedi Torre.