"El Nacional"ga ma'lum bo'lishicha, kataloniyaliklar "Bayer" himoyachisi Jonatan Tani erkin agent sifatida qo'lga kiritgach, yozda jamoalari bilan shartnomasi tugaydigan futbolchilar bozorida yanada faol bo'lishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko'ra, "Barselona"ning short-listidan hozirda Son Xyon Min ("Tottenxem"), Joshua Kimmix va Leroy Sane (ikkalasi – "Bavariya") o'rin olgan.

Xans-Diter Flik shogirdlari 19 turdan keyin 38 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.

"Barselona" 8 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletik"ka qarshi bahs olib boradi.