
"Barselona"ning asosiy darvozaboni Inyaki Penya kutilmaganda "Atletik Bilbao"ga qarshi o'yinda zaxirada qoldi.
Xans-Diter Flik dastlab ispaniyalik darvozabonni Superkubok yarim finalida maydonga tushirishni rejalashtirgandi, ammo oxir-oqibat Voytsex Shesnini tanladi. Jurnalist Elena Kondisning yozishicha, murabbiy Penyani ertalabki jamoa yig'iniga kech qolgani uchun shunday jazolagan.
Voytsex Shesni "Blaugrana" uchun ikkinchi o'yinini o'tkazdi. 34 yoshli polshalik Ispaniya kubogi doirasidagi "Barbastro"ga qarshi o'yinda (4:0) debyut qilgandi.
Fikrlar 0