Karlo Anchelotti Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ning ustunligini tan oldi.

- Biz haqiqatga yuz tutishimiz kerak. Biz yomon himoyalandik, raqib esa osonlikcha gol urdi. Jamoa sifatida ham, yakka tartibda ham yomon o'ynadik. Bu bizni xafa qiladi.

- Lukas va Tchuamenining o'yiniga qanday baho bergan bo'lardingiz?

- Hech kimni alohida ajratib ko'rsatishni xohlamayman. Himoyada yomon o'ynadik. Jamoada kompaktlik etishmadi. Biz o'zimizni yaxshiroq himoya qilishimiz kerak.

- Chetlatilganidan keyin jamoaning o'yin darajasi sizni xavotirga solmoqdami?

- Uchrashuv birinchi daqiqadan oxirgi daqiqagacha yomon o'tdi. Biz ko'pchilikda qoldik, lekin hech narsa yarata olmadik. Butun o'yindan xafa bo'ldim.

- Agar chetlatish bo'lmaganida mag'lubiyat yanada og'irroq bo'lardi, deb qo'rqmaysizmi?

- Chetlatilishdan keyin biz tenglashishga harakat qilishimiz mumkin deb o'yladim. Men boshqa hech narsa haqida o'ylamagan edim.

- Qachon xato qilganingizni his qilmadingizmi?

- Bu o'yinda yaxshi himoyalanish muhim edi. Biz yomon himoyalandik va "Barselona" g'alaba qozonishga haqli edi. U bizdan yaxshiroq edi" - dedi "Real Madrid" bosh murabbiyi.