Xavi va Andres Inesta "Barselona"ni Ispaniya Superkubogidagi g'alaba bilan tabrikladi.

Kataloniyaliklar turnir finalida "Real"ni 5:2 hisobida mag'lub etishdi.

"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi va avvalgi bosh murabbiyi Xavi klubning g'alabasi sharafiga shunday post qoldirdi: "Chempionlarni tabriklayman. "Olg'a, "Barsa!"

"Ko'k-anorranglilar"ning sobiq yarim himoyachisi Inesta ham jamoani tabrikladi: "Olg'a, "Barselona"!