«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Lamin Yamalning «Portu»ga qarshi Chempionlar Ligasi uchrashuvida hojatxonaga ketgan vaziyatini yodga oldi.«Biz «Portu»ga qarshi o'ynayotgan edik, 1:0 hisobida oldindamiz, hammasi joyida. Ikkinchi bo'limda bizda bitta o'yinchi etishmayotganini payqadim. Kimdir hojatxonaga ketgan ekan! Bu Yamal edi.Murabbiylar Laminni darhol almashtirmoqchi emas edilar. U qaytib kelishini kutishdi. Men ularga aytdim: «Yigitlar, nima bo'lyapti o'zi? Biz maydonda o'n kishi qoldik! Zaxiradan kimdir tushadimi?Yakunda uni kutib turishga to'g'ri keldi, lekin u qaytib kelmagani uchun almashtirish qilishga majbur bo'lishdi», – dedi Gyundogan.