"Barselona" Ispaniya Superkubogi finalida "Real"ni 5:2 hisobida mag'lub etdi.

Robert Levandovski uchun bu "Barselona" bilan uchinchi va faoliyatidagi 29-kubok.

Polyak bu bahsda penaltidan gol urdi va Yamalga assistentlik qildi.

Bu Levandovskining "Barselona"dagi ikkinchi Ispaniya Superkubogi bo'lib, u kataloniyaliklar bilan 2022/23 yilgi mavsumda Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan.

Robert o'zining faoliyatidagi 29-kubogini qo'lga kiritdi: 3ta "Lex", 4ta "Borussiya D", 19ta "Bavariya" va 3 ta "Barselona".