Inigo Martines bir oydan ko'proq maydonga tusha olmaydi.

"Barselona" himoyachisi Ispaniya Superkubogi doirasida "Real"ga (5:2) qarshi o'yinning 27-daqiqasida jarohat oldi.

Ispaniyalik jurnalist Xavi Migelning xabar berishicha, futbolchining o'ng sonining mushaklari yirtilgan. Qayta tiklash 5 hafta davom etadi.

Martines joriy mavsumda La Ligada 18 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.