"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo kamida yozgacha jamoada qoladi.

«Mundo Deportivo» xabariga ko'ra, 25 yoshli urugvaylik futbolchining klubda qolishida "Barcelona"ning kiyinish xonasidagi suhbatlar katta rol o'ynagan.

Gavi va Levandovski "el-klasiko"dan so'ng futbolchini ishontirishga harakat qilishdi.