Hozirda "Al-Hilol" sharafini himoya qilayotgan Neymar 2017 yilda "Barselona"dan "PSJ"ga o'tayotganda Lionel Messi unga nima deganini aytdi.

"Barselona"dagi oxirgi haftamda Messining o'zi menga: "Nimaga ketmoqchisan? Dunyodagi eng yaxshisi bo'lishni istayapsanmi? Men seni eng yaxshisi qila olaman" – degan edi…", - dedi 32 yoshli braziliyalik yulduz Globo bilan suhbatda.

Neymarning transferi o'sha vaqtda parijliklarga 222 million evroga tushgan.