Santyago Kanisares Lamin Yamalni farishtaga qiyosladi.

"U eng zo'rmi yoki ikkinchi eng zo'rmi, uni muhokama qilmayman, shunchaki aytmoqchimanki, u 17 yoshida farishtadek futbol o'ynamoqda.

17 yoshli futbolchining naqadar iqtidorli ekanligini ko'rish uchun borib, yoshlar jamoalarining o'yinlarini tomosha qilish kerak, shunda uning o'sha yoshda qilayotgan ishlari ko'lamini tushunasiz.

Agar u xotirjam bo'lsa, hayotida uni chalg'itadigan hech narsa bo'lmasa, u hamma narsaga erisha oladi" - dedi "Valensiya"ning sobiq darvozaboni Despierta San Francisco bilan suhbatda.