"Barselona" Pedri bilan shartnomani uzaytirish masalasini deyarli yopdi.

«Mundo Deportivo» xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 22 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan 2029/30 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma masalasida 95 foiz ishni hal qilgan.

Pedrining amaldagi kelishuvi 2026 yil yozida yakuniga etadi.