Himoyachi Ronald Arauxo so'nggi haftalarda muntazam ravishda transfer mish-mishlarida qatnashmoqda. Urugvaylik futbolchini "Yuventus" bilan bog'lashdi va bir vaqtlar kelishuv yakunlanishiga yaqin bo'lib tuyuldi. Keyinroq Arauxoning "Barselona"da qolishi va kataloniyaliklar 25 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelishib olgani xabar qilingandi.

Biroq, Transfer News Live nashri xabar berishicha, "Yuventus" Arauxoni qo'lga kiritish g'oyasidan voz kechmagan.

Ayni damda Turin klubi himoyachi uchun 70 million evrolik taklif tayyorlamoqda. Ronald Arauxoning amaldagi shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.