Lamin Yamalning "Barselona"dagi kelajagi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Diario AS nashri xabariga ko'ra, Kataloniya klubi rahbariyati 17 yoshli futbolchiga Lionel Messi bilan sodir bo'lgan voqeaning oldini olish uchun maoshini bosqichma-bosqich oshirib boruvchi progressiv shartnoma taklif qiladi.

Eslatib o'tamiz, 2021 yilda "Barselona" moliyaviy muammolar tufayli argentinalik futbolchining yangi shartnomasini ro'yxatdan o'tkaza olmagandi. "Barselona" Messi bilan shartnomani 8 marta uzaytirgan, har safar futbolchining maoshini oshirgan.

Yamalning kataloniyaliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt futbolchining narxini 180 million evroga baholamoqda.