Urugvaylik markaziy himoyachi Ronald Arauxo tez orada "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasida o'tgan haftada printsipial kelishuvga erishilgan. Tez orada yakuniy yig'ilish bo'lib o'tadi, unda bo'lajak shartnomaning yakuniy tafsilotlari hal qilinadi, deya qayd etadi jurnalist.

25 yoshli Arauxoning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.