Gavi "Xetafe" futbolchisi Yellu Santyagoga provokatsiya qilishga urindi.

Kecha "Barselona" La Liganing 20-turida "Xetafe" (1:1) bilan durang o'ynadi.

Santyago o'yinning 49-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va 54-daqiqada hakam Pablo Gonsales Fuertes bilan bahslashgani uchun sariq kartochka oldi.

Bu vaziyatda Gavi yarim himoyachiga murojaat qilib: "Sen kimsan? Sen dahshatli odamsan, o'zingga kel", - dedi.

«Marca» xabariga ko'ra, ushbu lahza «Movistar+» translyatsiyasiga tushib qolgan.

Uchrashuvning 66-daqiqasida Yellu Santyago yana zaxiraga olindi.