Barcelona
[readimg]http://cdn.tribuna.uz/uploads/zY/6hbtLDTXuZTojbOndGkjgKrb3OnFnn_normal.jpg[/readimg]
«Real»ga tegishli bo‘lgan, hozirda «Malorka»da ijarada o‘ynayotgan Takefusa Kubo La Liganing 16-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi bahsda (2:5) kataloniyalik muxlislarning unga hushtak chalishganiga izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, Kubo «Real»ga o‘tguniga qadar «Barselona»ning turli yoshdagi jamoalarida o‘ynagan.
«Bu – muxlislarning qarori. Men o‘z tanlovimni qildim va ular meni haqoratlashga haqli. Bir jihatdan, men bunga loyiqman. Ba’zilar menga qarsak chalishdi va bu menga kuch berdi.
Meni ko‘proq o‘ynashni istaydigan 18 yoshli yigit emas, raqib sifatida ko‘rishadi. Men bunga roziman», – deb Kuboning so‘zlarini keltiradi As.
UB
Fikrlar 1
Sotqin figu ga qilingan iwni qiliw kerag edi unga