Chempionlar ligasi pley-offida o'z o'rnini qo'lga kiritgan kataloniyalik “Barselona”ning daromadi ma'lum bo'ldi.

Umumiy bosqichning ettinchi turidan o'rin olgan uchrashuvda “ko'k-anorranglilar” “Benfika” jamoasini 5:4 hisobida mag'lub etdi.

Bu natija "Barselona"ga Chempionlar ligasining 1/8 finaliga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani kafolatladi. Xabarga ko'ra, kataloniyaliklar joriy Chempionlar ligasidan keyin kamida 41,2 million evro oladi. Bundan tashqari, agar klub pley-offda muvaffaqiyatli ishtirok etsa, bu miqdor sezilarli darajada oshishi mumkin.