
Rivaldoning fikricha, Rafinya Braziliya terma jamoasining bo'lajak etakchisi.
"Rafinya Braziliya terma jamoasi uchun potentsial etakchiga o'xshaydi. U allaqachon "Barselona" sardori, jamoaning muhim o'yinchisi, u juda yaxshi o'ynaydi. Uning xarakteri esa unga terma jamoada katta yordam beradi.
Braziliya uchun shunday ishonchli o'yinchi borligi juda ajoyib, ayniqsa jahon chempionatida. Agar Braziliya unga, har doim yaxshi o'ynaydigan Viniga, yaxshi formada qaytishi mumkin bo'lgan Neymarga va Rodrigoga ishonch bildirsa, juda kuchli hujumga ega bo'ladi", - deydi jahon chempioni va "Oltin to'p" sohibi Betfair bilan suhbatda.
Fikrlar 0