Xose Gayya Lamin Yamalning salohiyatiga baho berdi.

"Valensiya" La Liganing 21-turida "Barselona"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 26 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

"U eng zo'rmi yoki yo'qligini bilmayman, lekin u eng zo'rlardan biri. Men uni 16 yoshida terma jamoada birinchi marta ko'rganim va hayratga tushganimni eslayman. Men u tarix yaratadi, dedim va menimcha, u aynan shunday qiladi.

U yosh, lekin uning salohiyati cheksiz. Bunday odamlar bilan o'ynash har doim zavq bag'ishlaydi" - dedi "Valensiya" himoyachisi.