OAV xabariga ko'ra, "Barselona" ispaniyalik yarim himoyachi Gavi bilan yangi mehnat shartnomasi bo'yicha kelishib olgan.

Yangi kelishuv 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi. Shartnomada futbolchining tovon puli 1 milliard evroni tashkil etishi haqida band bor.

Gavi "Barselona" akademiyasini tamomlagan. Futbolchi Kataloniya jamoasida 130 ta o'yin o'tkazgan. Ularda u 9 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.