Ronald Arauxoning shartnomasida avvalgidan ancha past tovon puli bandi mavjud.

Kecha "Barselona" himoyachi bilan 2031 yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Relevo xabariga ko'ra, urugvaylik futbolchini milliard evroga sotib olish imkoniyati haqidagi band endi yangi kelishuvda yo'q, ammo boshqa summalar bor.

Demak, kelasi yozda Arauxo uchun 65 million evro, 2026 yilning yanvarida esa 80 million evro to'lash kifoya qiladi.